15:04 / 25.12.2015
2903

3 oy ichida Rossiya aviatsiyasi Suriyada 5 mingdan ortiq harbiy parvozni amalga oshirdi

Rossiya havo kuchlarining Suriyadagi aviaguruhi harbiy amaliyotlar o‘tkazilishi boshlangan 30 sentabr kunidan buyon 5 mingdan ortiq harbiy parvozlarni amalga oshirgan. Bu haqda RIA Novosti xabar tarqatdi.

"30 sentabr kunidan buyon Rossiya aviatsiyasiga tegishli harbiy samolyotlar Suriya hududida 5240 marta harbiy uchishga chiqdi. Shundan 145 martasida samolyotlar uzoq masofalarga uchiriluvchi va strategik raketalar bilan parvoz qilgan", deya ma'lumot bergan Rossiya Bosh shtabi rahbari Sergey Rudskoy.

Bundan oldinroq, Rossiya Mudofaa vazirligi Rossiya aviatsiyasi 5 kun ichida (18 dekabrdan 23 dekabrgacha) jangarilarning minglab obektlarini bombardimon qilgani haqida ma'lumot bergandi.

Top