01:14 / 25.12.2015
4751

BAA tashqi ishlar vazirligi Eron va Turkiya arab davlatlari ishlariga salbiy ta'sir qilayotganini aytdi

Arab davlatlari ishlariga Eron va Turkiyaning aralashuvi ko‘plab arab davlatlari ichidagi barqarorlikka salbiy ta'sir qilmoqda, deb aytdi BAAning tashqi ishlar bo‘yicha davlat vaziri Anvar Qarqash. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi.

“Turkiya va Eronning ochiqchasiga aralashuvi ko‘plab arab davlatlaridagi barqarorlikka salbiy ta'sir qildi, bu ularning suverenitetining buzilishi ekanligini gapirmasa ham bo‘ladi. Bunga chidab bo‘lmaydi”, deb aytdi Qarqash.

Vazir bu gapni Iroqda turk harbiylarining mavjudligiga bag‘ishlangan Arab davlatlari ligasining (ADL) shoshilinch sessiyasi davomida aytdi. Ushbu sessiya tashkilotning Qohiradagi bosh qarorgohida o‘tdi.

Avvalroq ADL bosh kotibi turk qo‘shinlarining Iroqda mavjudligini xalqaro huquqning buzilishi deb aytgandi.

Top