19:25 / 25.12.2015
4239

Lavrov: Suriya suverenitetini butun dunyodan kelayotgan jangarilar buzmoqda

Suriya suverenitetini butun dunyodan kelayotgan jangarilar buzmoqda. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov qatarlik hamkasbi Xolid bin Muhammad al-Atiyya bilan muzokaralar yakunlariga bayonot berdi.

“Biz Suriya Qatar singari tinch-totuv, mustaqil, suveren mamlakat bo‘lishidan manfaatdormiz, uning hududiy yaxlitligi, etnokonfessional guruhlar huquqlari hurmat qilishini istaymiz. Biz bu prinsiplarni faqat Suriyaga nisbatan emas, Iroq va Yamanga nisbatan ham qo‘llab-quvvatlaymiz”, - uning so‘zlarini keltiradi TASS agentligi.

Shuningdek, Lavrovning ma'lum qilishicha, uchrashuv chog‘ida Iroq va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlar muhokama qilingan. Eslatib o‘tamiz, Turkiya Iroq hududiga otryad olib kirib, Mo‘sul yaqinida joylashtirgan edi.

“Kecha bu harakatning to‘xtatilishi talabi Turkiyaga Arab davlatlari ligasi tomonidan aytildi”, - dedi Lavrov.

“Suriya suvereniteti ham buzilmoqda, chunki hukumat va muxolifat o‘rtasidagi fuqarolik urushidan tashqari, u yerda butun dunyodan, shu jumladan, Rossiyadan ham borgan taklif qilingan jangarilar bor”, - xulosa qildi diplomat.

Top