18:54 / 25.12.2015
2256

OAV: Tayvandagi Hon Hai korporatsiyasi 2,5 mlrd dollar evaziga Sharp kompaniyasini sotib olmoqchi

Tayvanning Hon Hai Precision Industry korporatsiyasi inqiroz arafasida turgan Yaponiyaning elektron jihozlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Sharp 300 mlrd iyen (taxminan $2,5 mlrd) evaziga sotib olish niyatida.

TASSning Kiodo axborot agentligiga tayanib xabar berishicha, tegishli taklif ikkala tomon vakillarining uchrashuvi davomida o‘rtaga tashlangan. Hozircha yaponiyaliklar tayvanliklar variantini o‘rganib chiqishmoqda. Yakuniy qaror kelgusi yil boshida aytilishi kutilmoqda.

Sentyabrda Hon Hai Precision Industry Sharp kompaniyasining qattiq kristalli displeylar ishlab chiqaruvchi guruhini sotib olish niyatini bildirgandi. Biroq bugunga kelib kompaniya Sharrni butunlay sotib olishga qaror qilgan.

Hon Hai Precision Industry – dunyodagi eng yirik elektron vositalar yetkazib beruvchi korxona sanaladi. Foxconn brendi ostida ular amerikaninig Apple korporatsiyasi bilan shartnomaga ko‘ra Xitoy hududida iPhone yetkazib berib keladi. Sharp kompaniyasini sotib olish orqali korxona o‘zining texnologik ishlab chiqarish darajasini yangi darajaga olib chiqish va yangi biznes doirasiga kirishni istamoqda. Ayniqsa maishiy elektronika vositalarini ishlab chiqarish bo‘yicha ular yetakchilar qatoriga kirishni istamoqda.

Hon Hai Precision Industry Shtab-kvartirasi Tayvanda joylashgan bo‘lsada asosan mahsulotlar Xitoy ishlab chiqariladi. Kompaniya 2012 yilda hamkorlik bo‘yicha shartnoma imzolagan biroq hozircha Hon Hai Precision Industry ning Sharp kapitaliga egalik qilishiga erishilgani yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning Sharp 222,35 mlrd iyen (taxminan $1,87 mlrd) miqdorida sof zarar bilan yakunlagan.

Top