12:22 / 25.12.2015
2747

Qirg‘iziston ichki ishlar xodimlari terrorga qarshi kurash choralarini muhokama qildi

Qirg‘iziston IIV jamoat kengashi 22 dekabr kuni yig‘in o‘tkazib, ekstremizm va terrorchilikka qarshi kurash choralarini muhokama qildi. Bu haqda vazirlikning matbuot xizmati xabar qildi.

Uchrashuvda ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Nurboy Qosimboyev va jamoat kengashi raisi Yolqin Doutovlar ishtirok etishgan. Qosimboyev o‘z chiqishida aholining militsiyaga bo‘lgan ishonchini oshirish zarurligini ta'kidlab o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonda jamoat kengashi IIV faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini ta'minlashga qaratilgan idoradir.

Top