10:30 / 25.12.2015
2969

Qozog‘istonda 31 dekabr kuniga rasman dam olish kuni maqomi berilishi mumkin

Qozog‘istonda 31 dekabr kuniga rasman dam olish kuni maqomi berilishi mumkin. Bu haqda “Nur Otan” partiyasi matbuot markazida o‘tgan matbuot-anjumanida Qozog‘iston sog‘liqni saqlash va ijtimoiy rivojlanish vaziri o‘rinbosari Birjon Nurimbetov ma'lum qildi.

Qozog‘iston prezidenti huzuridagi markaziy kommunikatsiyalar xizmati saytida ma'lum qilinishicha, buning uchun tegishli tashabbus mamlakat parlamentida bildirilishi kerak.

“Dam olish kuni hisoblanadigan bayram kunlari maxsus qonun bilan tartibga solinadi. Jamoaviy shartnomalar bo‘yicha ba'zi korxonalarda 31 dekabr yoki dam olish kuni, yoki qisqartirilgan ish kuni hisoblanadi.

Agar jamiyatda bunday tashabbusni qo‘llab-quvvatlash mavjud bo‘lsa, unda uni ko‘rib chiqish kerak”, deb aytdi Nurimbetov.Ma'lumot uchun, Qozog‘istonda Yangi yil bayrami munosabati bilan 1 va 2 yanvar kunlari dam olish kuni qilib belgilangan.

Top