08:59 / 26.12.2015
5180

AQShlik aralash kurash jangchisi Monson Rossiya bayrog‘i ostidagi birinchi jangini yutqazdi

AQShlik MMA (aralash kurash) jangchisi, 44 yoshli Jyeff Monson Rossiya bayrog‘i ostidagi birinchi jangini kamerunlik ikkinchi darajali jangchi Donald Njataxga yutqazib qo‘ydi.

Jangning birinchi daqiqasidayoq o‘ng tomondan berilgan zarba Monsonni ringga qulatdi. Natijada Monson og‘ir nokautga uchradi.

Jang 25 dekabrda “Ximki” basketbol markazi maydonchasida bo‘lib o‘tdi va o‘rtaga Mix-Fight-Combat versiyasi bo‘yicha chempionlik kamari qo‘yilgan edi.

Top