07:19 / 26.12.2015
5583

Hindiston bosh vaziri Pokiston bosh vaziri nabirasining nikoh to‘yiga tashrif buyurdi

Pokistonga kutilmaganda kelgan Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Pokiston bosh vaziri Muhammad Navoz Sharifning qiz nabirasining nikoh to‘yiga tashrif buyurdi. Bu haqda Hindiston tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Vikas Svarup o‘z tvitterida ma'lum qildi.

 “Alohida iltifot – Hindiston bosh vaziri Pokiston bosh vaziri Sharifning uyiga tashrif buyurdi. Bu yerda Sharifning nabirasining nikoh to‘yi bo‘lmoqda. Bosh vazir kelinga oq fotiha berib, Rayvindni (Pokistondagi shahar – Kun.uz) tark etdi. Uni bosh vazir Sharif kuzatib qo‘ydi”, deb xabar bermoqda Svarup.

Svarupning aytishicha, bosh vazirlar ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni muhokama qilishgan, uning tafsilotlari keltirilmagan.

Top