Internetda Qozog‘iston bosh vaziri Karim Masimov Bob Tiel va Jorj Vaysning “What a Wonderful World” (“Qanday go‘zal bu dunyo”) qo‘shig‘ini kuylayotgani aks etgan video paydo bo‘ldi.
“What a Wonderful World cover Masimov” deb nomlangan videoda Qozog‘iston bosh vaziri qo‘shiqni uy sharoitida ijro etayotganining guvohi bo‘lish mumkin.
Videoni o‘zining YouTube’dagi sahifasida “Bүrkeusіz shyndyq” (“Yashiringan haqiqat”) deb nomlangan foydalanuvchi joylashtirgan.