22:38 / 26.12.2015
6881

«Manchester Siti» yangi emblemasini taqdim etdi

«Manchester Siti» yangi mavsumdan boshlab amalda bo‘ladigan yangi logotipni taqdim etdi. Bu emblema 18-tur doirasida «Sanderlend»ga qarshi o‘yin oldidan namoyish qilingan.

Bu emblemada 3ta asosiy belgini, yelkanli kema, uch daryo (Irvell, Medlok va Irk) hamda qizil atirgulni ko‘rish mumkin.

Hozirgi emblema 1997 yildan buyon amalda bo‘lib kelmoqda edi. Unda burgut va 3ta yulduz aks etgan.
1970-1976 va 1981-1997 yillarda «shaharliklar» dumaloq emblemadan foydalanishgandi.

Muxlislar yangi logotip yaralishida ishtirok etishdi. 85 foiz ovoz emblemada kema qolishiga berildi.

34 foiz ovoz hozirgi logotip qolishi uchun ovoz bergan.

Top