19:11 / 26.12.2015
5687

Putin bir qator dengiz hududlarida aksilterrorchilik shtablarini tuzishga buyruq berdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyaning bir qator dengiz bo‘yidagi shaharlarida terrorchilikka qarshi kurashuvchi kuchlarni rejalashtirishni tashkil etish uchun tezkor shtablar tuzish haqidagi farmonni imzoladi.

“Kaspiysk, Murmansk, Petropavlovsk-Kamchatsk, Simferopol va Janubiy-Saxalinsk shaharlarida dengiz hududlarida (havzalarida) terrorchilikka qarshi kurashuvchi, aksilterrorchilik operatsiyalarni boshqarish bo‘yicha ijrochi hokimiyatning federal organlari va ularning hududiy organlarining kuchlari va vositalarini qo‘llashni rejalashtirishni tashkil etish uchun tezkor shtablar tashkil etilsin”, deyilmoqda farmonda.

Ushbu tezkor shtablarning boshliqlari, agar Milliy aksilterrorchilik qo‘mitasi raisi tomonidan o‘zgacha qaror qabul qilinmasa, federal xavfsizlik xizmati chegara organlari rahbarlari hisoblanadilar.

Top