23:46 / 26.12.2015
5416

"Real" futbolchilarning maoshi uchun yiliga 431 mln yevro sarflaydi, "Barselona" esa 421 mln yevro

Ispaniya chempionati grandlari o‘z futbolchilari uchun qancha miqdorda maosh berishi haqidagi ma'lumotlar aniqlandi. Bu haqdagi ma'lumot Marca nashri tomonidan keltirilgan.

Nashrning yozishicha, Madridning "Real" jamoasi o‘z futbolchilariga yiliga 431 million yevroni maosh sifatida to‘laydi. Bu borada ikkinchi o‘rinni "Barselona" jamoasi 421 million yevrolik ko‘rsatkichni qayd etgan holda egallagan. Shuningdek, eng chiqimdor jamoalar qatorida "Atletiko" jamoasi ham bor - 160 million yevro.

Top