12:53 / 26.12.2015
13290

Samarqand shahri va Tayloq tumanida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari o‘tkazildi

Samarqand shahri va Tayloq tumanida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari o‘tkazildi. Samarqand shahri Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi, “Hunarmand uyushmasi” viloyat bo‘limi, O‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi boshqarmasi, Mahalla jamoat xayriya fondi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida, 96 ta korxona va tashkilotlar, o‘zlarida mavjud 1085 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.
Yarmarkaga 453 nafar fuqarolar jalb etilib, ulardan 45 nafariga ishga yo‘llanmalar berildi.


Tayloq tumani Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etilgan “Agrotadbirkorlik kasb-hunar kolleji” dagi mehnat yarmarkasida tumandagi 100 ta korxona va tashkilot o‘zlaridagi 126 ta bo‘sh ish o‘rini bilan ishtirok etdi. Shuningdek, 50 nafar fuqaroga amaldagi mehnat qonunchiligiga doir maslahatlar berildi.

Top