18:22 / 27.12.2015
7402

Obama jismoniy jihatdan yetuk emasligini his etishini ma'lum qildi

AQSh prezidenti Barak Obama mashg‘ulotlar zalida dengiz piyodalari bilan bir safda shug‘ullanar ekan, o‘zini kichik va kuchsiz his etishini tan oldi, deya yozmoqda New York Daily News. Davlat rahbari bu haqda Kaneoxi buxtasi (Gavayi shtati)dagi Amerika dengizchilari bazasiga tashrifi vaqtida so‘zlab bergan.

“Umuman olganda, bosh qo‘mondon sifatida o‘zimni yaxshi formadagidek his etaman. Dengiz piyodalari bo‘lgan zalga kirishim bilan muammo tug‘iladi. Agarda men qaysidir bir yigitning bitsepslari bilan 100 funtli (45 kilogramm. – Kun.uz) shtangani ko‘tarayotganini ko‘rib qolsam, o‘zimni kichkina his etishni boshlayman”, - dedi Obama.
AQSh prezidenti an'anaga ko‘ra qishki ta'tilni Gavayi orollarida o‘tkazar ekan, harbiy bazaga tashrif buyurdi.

Izoh: bitseps – ikki boshli muskul, yelka bilan tirsakni harakatlantiradigan mushak.

Top