14:47 / 27.12.2015
6753

"O‘zdavneftgazinspeksiya": Toshkentdagi AYoQShlarga ehtiyojdan ortiq benzin berilayotgan bo‘lsada, navbatlar tugamayapti

"O‘zdavneftgazinspeksiya" Toshkent shahar hududiy bo‘limi bosh texnologi Umidjon To‘layevning ma'lum qilishicha, Toshkentdagi avtomobillarga benzin quyish shoxobchalariga ehtiyojdan ortiq miqdordagi benzin yetkazib berilayotgan bo‘lsada, benzinga navbatlar paydo bo‘lishi holatlari saqlanib qolmoqda.

"Ayni vaqtda Toshkent shahrida aholining benzinga ehtiyoji o‘rtacha 1200 tonnani tashkil etgani holda, shahardagi yoqilg‘i quyish shoxobchalariga kuniga 1600-1800 tonna benzin yetkazib berilmoqda", deya To‘layevdan iqtibos keltiradi "Gazeta.uz" nashri.

Bugungi kunda Toshkentda yana benzinga navbat ko‘paygani qayd qilingan. Umidjon To‘layev yoqilg‘i ta'minoti barqarorligini ta'minlash bo‘yicha barcha choralar ko‘rilganini bildirgan.

Uning ta'kidlashicha, AYoQShlar xodimlariga benzinni faqat avtomobil baklariga to‘ldirish va gaz jihozi o‘rnatilgan mashinalarga to‘la quyib bermaslik (gaz quyish shoxobchasiga yetib olishga yetgulik darajada) bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.

"Agar mashinada gaz ballonlari o‘rnatilgan bo‘lsa, uning haydovchisi eng yaqin masofadagi gaz quyish shoxobchasiga yetib olishi uchun kerak bo‘ladigan hajmda benzin quydirishi mumkin bo‘ladi", deydi To‘layev.

Uning xabar berishicha, bu shartnoma kelishuvlarini buzgan va shu masala bilan bog‘liq kamchiliklari aniqlangan Toshkentdagi ayrim shoxobchalarga benzin yetkazib berish 10 kun muddatga to‘xtatib qo‘yilgan.

“O‘zneftmahsulot” AK Toshkentda benzin taqchilligi mavjud emasligini yana bir bor ma'lum qildi

O‘zbekistonda benzin taqchilligi muammosini hal etish yo‘li topildi

Toshkentda benzin taqchilligi kuzatilmoqda, bunga obektiv sabab bormi? (Foto+video)

Top