12:15 / 27.12.2015
4985

Pokiston armiyasi rahbari Afg‘oniston va "Tolibon"ni yarashtirish uchun Kobulga uchdi

Pokiston armiyasi bosh qo‘mondoni Rahil Sharif Kobul shahriga Afg‘oniston hukumati va "Tolibon" o‘rtasidagi tinchlik sulhi bo‘yicha muzokaralarni tiklash umidida yo‘l oldi. Bu haqda Associated Press xabar tarqatgan.

U Afg‘onistonga "tinchlik o‘rnatilishiga chin dildan umid qilgan holda yo‘l olganini" ma'lum qilgan.

Sharif bu safari davomida Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi chegara masalasida ham muzokara o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Bundan oldinroq, Rossiya tomoni amerikaliklarning Afg‘oniston va "Tolibon" o‘rtasidagi muzokaralar tashkil etish jarayoniga qo‘shilgani haqida xabar qilingandi.

Top