23:15 / 27.12.2015
7340

Turkiya Rossiya bilan munosabatlar yaxshilanishiga umid qilmoqda

Turkiya Rossiya bilan munosabatlar yaxshilanishiga umid qilib, unga nisbatan keskin choralar qabul qilmayapti. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘lu Antaliyadagi Rossiya madaniyat va san'at jamiyatiga tashrifi paytida aytib o‘tdi. Uning aytgan so‘zlarini “Ixlos” nashriga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi keltirmoqda.  

Chovusho‘g‘luning aytishicha, Turkiya Rossiya bilan diplomatik inqiroz boshlangandan beri “Rossiyaga nisbatan hech qanday salbiy qadamlar amalga oshirmagan”. “Biz uchun Rossiya muhim. U bizning eng muhim hamkorimiz hisoblanadi va shuning uchun biz sabr bilan kutmoqdamiz va hech qanday chora ko‘rmayapmiz”, deb aytdi Chovusho‘g‘lu.

Chovusho‘g‘luning ta'kidlashicha, bundan ikki davlat xalqi jabr ko‘rmasligi kerak. “Afsuski, Rossiyada bizning ba'zi fuqarolarimizga nisbatan salbiy qadamlar amalga oshirilgan. Umid qilamanki, rossiyalik do‘stlarimiz ko‘rilayotgan choralarni qayta ko‘rib chiqishadi”, deb aytdi Chovusho‘g‘lu. 

Dekabr o‘rtalarida Chovusho‘g‘lu Anqaraning Rossiya bilan ikki tomonlama munosabatlarida sabri tugayotganini aytgan.

Top