00:02 / 27.12.2015
4688

Ukraina prezidenti xorijiy qo‘shinlarning Ukrainaga kiritilishi rejasini tasdiqladi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko 2016 yilda xorijiy qo‘shinlarning Ukrainaga kiritilishi rejasini tasdiqladi. Bu hujjatga ko‘ra, Ukrainadagi o‘quv mashg‘ulotlarida NATO davlatlaridan bir necha ming harbiy ishtirok etishi mumkin. Tegishli farmon Ukraina prezidentining rasmiy saytida chop etildi.

Hujjatda NATOga kiruvchi davlatlarning jangovor texnikaga ega 5 minggacha harbiysi, jumladan 12 ta samolyot va kertolyot “Tinchlik uchun hamkorlik” dasturi doirasida Ukraina hududiga 366 kunga kirishiga ruxsat etiladi. Harbiylarning kiritilishidan maqsad qurolli kuchlarni tayyorlash bo‘yicha millatlarara dasturlarda ishtirok etishdan iborat.

2016 yil kuzida o‘tkaziladigan “Eman arkasi – 2016” mashg‘ulotlariga Kanada, Polsha va Litvaning 600 harbiysi 25 kunga Ukrainaga qo‘yiladi.

Sea Breeze 2016 mashg‘ulotlariga esa NATOning 2 minggacha harbiysi, jumladan 15 ta kema va 5 ta suv osti kemasi 25 kunga qo‘yiladi.

AQSh va NATOning 2 mingga yaqin harbiysi 2016 yil yozida Rapid Trident 2016 mashg‘ulotlari doirasida Ukrainaga kiritiladi.

Top