14:35 / 28.12.2015
2495

Joze Mourino hech qaysi jamoa bilan muzokara olib bormayotgani ma'lum qilindi

Londonning «Chelsi» klubi sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinoning agenti Jorjye Mendeshning ta'kidlashicha, hozirgi vaqtda uning mijozi Angliya, Ispaniya va Italiya chempionati jamoalari bilan muzokara olib bormayapti.

«Hozirgi vaqtda Joze Braziliyada bo‘lib turibdi. Qachon u murabbiylik faoliyatiga qaytishini kelgusida bilib olamiz. Ayni vaqtda biz na ingliz, na ispan va na italyan klublari bilan muzokara olib boryapmiz. Mourinoni hech narsa bezovta qilmaydi. Axir u — dunyoning eng yaxshi murabbiyi», deya Mendeshdan iqtibos keltiradi Sky Sport Italia.

Oldinroq, Mourino «Real» prezidenti Florentino Peres uni «Qirollik klubi»ga qaytarishga harakat qilayotganiga qaramay «Manchester Yunayted»ni boshqarishni istayotgani uchun taklifga rad javobi bergani haqida xabarlar tarqalgandi.

Top