19:25 / 28.12.2015
4031

Liviya mustaqil ravishda IShID xavfiga qarshi kurashmoqchi

Liviya o‘z hududida IShID terrorchilik guruhi jangaralari bilan kurashda boshqa davlatlar aralashuvi imkoniyatini ko‘rib chiqmayapti, mamlakat armiyasi esa jangarilar bilan o‘zi mustaqil ravishda kurasha oladi, deb aytdi Liviya tashqi ishlar vaziri Muhammad ad-Dayri. Bu haqda Russia Today telekanali xabar bermoqda.

“Bu bosqichda, ayniqsa Liviya hukumatiga IShID va boshqa terrorchilik guruhlari solayotgan xavfga qarshi mustaqil ravishda kurashish imkoniyati taqdim qilinishini istayotganimizda biz xorijiy aralashuvni istamayapmiz. Liviya armiyasi bu vazifani bajarishga qodir va buni qilishga tayyor”, deb aytdi ad-Dayri.

Ad-Dayrining aytishicha Liviya hukumati mamlakatda milliy birdamlik hukumati shakllantirilgandan keyin BMT Xavfsizlik kengashi tomonidan Liviya milliy armiyasiga qo‘yilgan cheklovlarning bekor qilinishini so‘rab murojaat qilishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq Liviyada IShIDga qarshi zarbalar berishni so‘rab Rossiyaga murojaat qilinishi mumkinligi aytilgandi.

Top