16:51 / 28.12.2015
17232

Putin Turkiyaga qarshi sanksiyalar to‘g‘risidagi yangi qarorga imzo chekdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiyaga nisbatan maxsus iqtisodiy choralarni joriy etish to‘g‘risidagi qarorga imzo chekdi. Bu haqda 28 dekabr kuni Kreml matbuot xizmati xabar qildi. Yangi cheklovlar faqatgina turk firmalari emas, balki Turkiya fuqarolari nazorat qiladigan tashkilotlarga ham taalluqli.

Bundan avvalroq esa bosh vazir o‘rinbosari Arkadiy Dvorkovich Turkiyaga qarshi sanksiyalar kengaytirilishi haqida ma'lum qilgan edi. Uning qayd etishicha, hukumat Turkiya bilan hamkorlikda voz kechish maqsadida emas, faqatgina, nodo‘stona harakatlarga nisbatan munosib javob berish kerak, deb hisoblaydi.

Rossiya prezidenti Turkiyaga qarshi maxsus iqtisodiy choralar to‘g‘risidagi birinchi qarorni roppa-rosa bir oy muqaddam – 28 noyabrda tasdiqlagan edi. Ushbu hujjatdan turk mahsulotlarining alohida turlarini Rossiyaga olib kirishni taqiqlash yoki cheklash o‘rin olgan. Jumladan, turk eksportining asosini tashkil etuvchi meva va sabzavotlar taqiq ostida tushgan edi.

Hujjatda 2016 yilning 1 yanvaridan viza tartibining kuchga kirishi, Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi charter reyslarining taqiqlanishi ham aytib o‘tilgan.
Bu kabi sanksiyalar 24 noyabr kuni turk aviatsiyasi tomonidan Suriya chegarasida Su-24 bombardimonchi samolyoti urib tushirishi munosabati bilan joriy etilmoqda.

Top