13:19 / 28.12.2015
2428

Qirg‘izistonda 2015 yilda 70ta maktab qurildi, 2016 yilda yana 100ta maktab foydalanishga topshiriladi

2015 yilda Qirg‘izistonda 98 ijtimoiy obekt qurildi. Bu haqda bugun, 28 dekabr kuni, arxitektura, qurilish va uy-kommunal xo‘jalik davlat agentligi direktori Turdubek Mambetov ma'lumot berdi.

Uning so‘zlariga qaraganda, 70ta maktab, 11ta suv ta'minoti kompleksi, 1ta ko‘p qavatli uy, 1ta bolalar bog‘chasi, 1ta sport kompleksi, 1ta madaniyat obekti, 4ta boshqa turdagi obektlar qurilgan. Rejaga muvofiq, joriy yilda 305 obekt qurilishi lozim edi.
Mambetovning ma'lum qilishicha, yana 100ta maktab qurilishiga byudjyetdan 345 mln som ajratilgan. 44 maktabning loyihaviy ishlari yakunlangan, 16tasi qurila boshlangan.

Top