14:03 / 28.12.2015
2698

Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasining sobiq rahbari deputat etib tayinlandi

Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasining sobiq rahbari Nurtoy Abiqayev parlament oliy palatasining deputatligiga qabul qilindi. Bu haqda Novosti-Kazaxstan agentligi xabar bermoqda.

Bu boradagi qaror 28 dekabr kuni senatning plenar yig‘ilishida qabul qilindi.
“Biz Nurtoy Abiqayevning senat deputatligiga qaytadan saylanishi bilan tabriklaymiz. Nurtoy Abiqayev xalqaro munosabatlar, mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasida ishlash niyatini bildirdi”, - dedi palata spikeri Qosim-Jo‘mart To‘qayev.

Top