21:57 / 28.12.2015
3388

Roman Abramovich Isroilning Blindspot messenjeriga sarmoya kiritdi

Isrolning Blindspot anonim messenjeri martda yakunlangan investitsion raund natijalariga ko‘ra 35 mln dollar oldi. Bu haqda Globes.il nashri ma'lum qildi.

Messenjerga kiritilgan sarmoya bo‘yicha rossiyalik tadbirkor, milliarder Roman Abramovich yetakchilik qilmoqda. Startapga, shuningdek, qo‘shiqchilar Avicii, Devid Getta va ABBA guruhi a'zosi Benni Andersson ham sarmoya kiritdilar.

Blindspot yaratuvchilarining fikricha, oddiy ijtimoiy tarmoq noxolis sharhlar bilan to‘lib-toshgan, messenjer yordamida esa anonimlik sharti bilan odamlar o‘z fikrlarini erkin bildira oladilar, bir-biri bilan noz-karashmalar qila oladilar, bir-biriga sirlarini ayta oladilar. Xabarlarni oluvchilar ularni yuborganlarni “qora ro‘yxatga” kiritishlari hamda istalgan vaqtda ulardan o‘z nomlarini aytishni talab qilishlari mumkin bo‘ladi. Agar foydalanuvchi kamida uchta odamning “qora ro‘yxatiga” tushib qolsa, uning akkaunti o‘chirib tashlanadi.

Isroil messenjerining raqobatchilari bor, bular Tor Messenger va Fire Chat dasturlari. Messenjer anonim tarzda muloqot qilishga imkon beradi va mesh networking texnologiyasi hisobiga internetsiz ishlay oladi.

Top