22:27 / 29.12.2015
3182

Bi Techaubol «Milan» aksiyalarining 48 foizini sotib olishga yetarli mablag‘ topa olmadi

Tailandlik biznesmen Bi Techaubol 2015 yilning oxirigacha «Milan» aksiyalaridan 48 foizlik qismini sotib olishi bo‘yicha ishni yopa olmadi.

2015 yilning avgustida u «Milan» xo‘jayini Silvio Berluskonidan 480 mln yevro to‘lab, jamoa aksiyalarining 48 foizini xarid qilish bo‘yicha kelishuvga erishgandi.

Corriere dello Sport nashrining ma'lum qilishicha, u yil oxiriga kelib faqat 140 million yevro yig‘a olgan.

2016 yilning 10 yanvarida tomonlar qaytadan muzokara boshlashi kutilmoqda.

Berluskoni “Milan”ning 48 foiz aksiyalarining sotilishi bo‘yicha Techaubol bilan kelishuv imzoladi

Top