21:19 / 29.12.2015
3637

Bloomberg: Kudrin yana Rossiya moliya vaziri bo‘lishi mumkin

Rossiya sobiq bosh vaziri Aleksey Kudrin Rossiya prezidenti Vladimir Putin va boshqa yuqori lavozimdagi mansabdor shaxslar bilan mamlakatda yomonlashib borayotgan iqtisodiy vaziyatni yo‘lga qo‘yishga yordam berish uchun yana moliya vaziri lavozimini egallash bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqda. Bu haqda Bloomberg manbalarga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda.

Kudrinning aytishicha, u shaxsan Putin va bosh vazir Dmitriy Medvedev bilan o‘tgan haftada bu masalani muhokama qilish uchun uchrashgan. Rasmiy taklif hali bildirilmagan.

Aleksey Kudrin 2000-2011 yillar davomida Rossiya moliya vaziri lavozimini egallagan. Ayni paytda u Fuqarolik tashabbuslari qo‘mitasi rahbari hamda Rossiya prezidenti huzuridagi Iqtisodiy kengash prezidiumi a'zosi hisoblanadi.

Top