08:20 / 29.12.2015
3138

General Motors Powertrain Uzbekistan kompaniyasi Toshkentdagi kasb-hunar ta'limi markaziga dvigatel taqdim qildi

General Motors Powertrain Uzbekistan kompaniyasi Toshkentdagi kasb-hunar ta'limi markaziga o‘quv maqsadlari uchun 1.5 L2CEuro 2 dvigateli taqdim qildi.

Markazga 3 yil avval asos solingan. Markazda ishlab chiqarishning 4 ta yo‘nalishi: avtomobillarni ta'mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish, mashinasozlik ishlab chiqarishi, elektr ta'minot, elektronika va axborot texnologiyalari bo‘yicha mutaxassislar o‘qitiladi va tayyorlanadi.

“Biz General Motors Powertrain Uzbekistan’ga juda minnatdormiz. Hozirda zavodda markazimizning 20 nafar bitiruvchisi ishlamoqda va biz kelgusida ham sermahsul hamkorlikni davom ettirishga umid qilamiz”, deb aytdi markaz direktori Ravshan Ibrohimov.

General Motors Powertrain Uzbekistan kompaniyasi bosh direktori Jyennifer Bigelou kompaniya markazga ko‘rsatgan bu ko‘magidan xursand ekanligini aytdi.

Top