12:37 / 29.12.2015
3861

Gongkongdagi barlardan birida qo‘lga tushgan ikki avstraliyalik vazir iste'fo berdi

Avstraliya hukumatining ikki vaziri Gongkongdagi barga kirganlari uchun iste'foga chiqdi. Bu haqda 29 dekabr kuni Reuters agentligi xabar qildi.

Vazirlar mamlakatga rasmiy tashrifi chog‘ida kechki paytda barga kirishgan. Barda bo‘lgan, nomi tilga olinmagan ayol mehmonlardan biri, aynan shaharlar va antropogen muhit vaziri Jyeymi Briggsning unga “nojoiz” imo-ishoralar berganini taxmin qildi.
“Men ayolning bevosita o‘zidan kechirim so‘radim, lekin uzoq o‘ylaganimdan so‘ng fe'l-atvorim yuqori standartlarga mos emas, degan qarorga keldim”, - dedi Briggs jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida.

Shu voqeadan so‘ng u o‘z ixtiyori bilan iste'foga chiqdi.
Vazir barda sodir bo‘lgan voqea haqida batafsil gapirib o‘tirishni istamadi, “noqonuniy hech narsa” bo‘lmaganini ta'kidlash bilan cheklandi.

Voqea joyida yana bir vazir – Mal Bro bor edi. U ham iste'foga chiqib bo‘ldi, ammo politsiyaning uning voqeadagi o‘rnini o‘rganishda davom etmoqda.
“Janob Bro to‘g‘ri ish qildi, bu bilan hukumat imijini qo‘llab-quvvatlash zarurligini ko‘rsatdi”, - dedi bu voqea munosabati bilan bosh vazir Malkolm Tyornbull.

Top