06:37 / 29.12.2015
3098

Gruziya prezidenti Tbilisining sobiq merini afv etishdan bosh tortdi

Gruziya prezidenti Georgiy Margvelashvili bir qator jamoat arboblarining murojaatiga qaramasdan, Tbilisining sobiq meri Gigi Ugulavani afv etishdan bosh tortdi, deb xabar bermoqda “Gruziya Online” nashri.

Avvalroq sud Ugulavani davlat mablag‘larini ishlatib yuborganligi uchun 4 yil 6 oyga qamoq jazosiga mahkum qilgandi.

“Afv etish menga yuqori ma'naviy va davlat javobgarligini zimmamga yuqlovchi konstitutsion majburiyat hisoblanadi. Men jamiyatda bunday jinoyatlarga nisbatan haddan tashqari befarqlik hissini paydo qiladigan qarorni qabul qila olmayman”, deb aytdi Margvelashvili.

Prezident nomiga 57 nafar atoqli madaniyat, fan va sport arboblari tomonidan imzolangan Ugulavani avf etish haqidagi murojaat Gruziya islohotlari uyushmasi raisi Elene Xoshtariya tomonidan yuborilgan edi.  

Top