21:13 / 29.12.2015
4910

Kontsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash uchun davlat boji o‘zgartirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat Byudjyetining 2016 yilgi parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra Vazirlar Mahkamasining 9 dekabrdagi “Kontsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
Jumladan, konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash uchun davlat boji hajmi oshirilib, uning to‘lanish jarayoniga o‘zgartishlar kiritildi.
2016 yildan boshlab bunday faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi uchun davlat boji 30 foizga oshdi. U differensiatsiyalangan o‘lchamlarda, eng kam oylik ish haqiga qarab, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi tuzadigan reyting guruhiga ko‘ra belgilanadi. Yuridik va jismoniy shaxslar bu faoliyat turi bo‘yicha boshqa soliq va majburiy to‘lovlarga tortilmaydi. Ammo ular konsert faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ayrim soliqlarni to‘lashlari lozim bo‘ladi.
Endi davlat boji uchun to‘lov litsenziyaga talabgorlar tomonidan litsenziyalovchi organning maxsus hisobiga o‘tkaziladi. Pul quyidagicha taqsimlanadi: 30 foiz – respublika byudjyetiga; 70 foiz – Estrada san'atini rivojlantirish jamg‘armasi hisobiga.
Boj to‘lovini bitta transh bilan ham, litsenziya mo‘ljallangan muddat ichida chorakma-chorak ham to‘lash mumkin bo‘ladi.

Manba: Norma.uz

Top