19:17 / 29.12.2015
5166

Mo‘g‘ulistonda Chingizxon tasviri tushirilgan kuldonlarni sotish taqiqlandi

Mo‘g‘uliston adolatli raqobat va iste'molchilar huquqlarini muhofaza qilish agentligi mo‘g‘ul imperiyasi asoschisi Chingizxonning tasviri tushirilgan kuldonlarni sotishni taqiqladi. AKIpress xabariga ko‘ra, bu kabi mahsulotlar “Nomin” sepurmarketlarida savdoga chiqarilgan.

Mazkur taqiqning joriy etilishiga agentlik ekspertlarining kuldonlar tarixiy shaxsning obro‘si va qadr-qimmatiga dog‘ tushiradi, degan xulosaga kelganlaridan so‘ng qabul qilindi. Shu munosabat bilan bu kabi esdaliklar insofsizlik bilan qilingan reklama to‘g‘risidagi modda bo‘yicha taqiq ostiga tushdi.

Mahsulot ikki turda savdoga chiqarilgan. Birinchisida Chingizxon Ulan-Batorga tutash shaharchaga o‘rnatilgan ot ustidagi haykali tasvirlangan bo‘lsa, ikkinchisida poytaxtdagi parlament kompleksi qarshisidagi yodgorlik aks ettirilgan.

Top