22:10 / 29.12.2015
4463

Rafael Benites: "Real"ga qarshi butun bir kampaniya ishlaydi

"Real" jamoasi bosh murabbiyi Rafael Benites keyingi vaqtlarda jamoaga nisbatan qaratilayotgan tanqidlarga munosabatini bildirib o‘tdi.

Uning fikricha, so‘nggi vaqtlarda jamoaga yo‘naltirilgan tanqid "Qirollik klubi"ga qarshi uyushtirilgan aksiyadir.

"Bu kompaniya "Real", Florentino Peres va menga qarshi tuzilgan. Atrofda sodir bo‘layotganlarning barchasi hiyla natijasi hisoblanadi.

30 yildan beri murabbiylik vazifasida ishlab kelaman. Shu vaqtgacha 1400dan ortiq uchrashuv o‘tkazganman va bunday muammoga qarshi kurashda tajribaga egaman.

Bor e'tiborimni ishga qaratishim lozim.

Ular meni shaxsiy qarashlarimdan kelib chiqqan holda qarorlar chiqarishda ayblashadi. Shundan keyin mish-mishlar ko‘payadi. Bu g‘arazli kampaniya mavjudligi ochiq oydin ko‘rinib turadi.

Men OAVlarda yozilganidan farqli ravishda futbolchilar bilan yaxshi munosabatdaman. Men turli xabarlar bilan chalg‘imasdan futbolchilarni o‘yinlarga yaxshiroq tayyorlash bilan band bo‘lishim kerak.

Jamoa tarkibidagi 24 kishidan 13 nafari har haftada o‘yindan tashqarida qolishiga to‘g‘ri keladi. Odamlarning fikricha esa zaxirada qoladigan futbolchilarni men o‘zim ularni yoqtirmaganim uchun maydonga tushirmas ekanman.

Axir bir o‘yinda maydonga ko‘pi bilan 14 futbolchi tushirish imkoni bor.

Shuni aytishim kerakki, kimdir jamoaga yoki menga zarar keltirish niyatida bo‘lsa, men bunga qarshi biron ochiq chora ko‘ra olmayman. Men faqat ishlashni davom ettirishim mumkin", deydi Benites Goal.com nashriga.

Top