Italiyaning 2 yirik shahri Milan va Rimda atrof muhitning ifloslangani bilan bog‘liq mavjud vaziyat tufayli shaxsiy transport vositalaridan foydalanish bo‘yicha taqiqlar qo‘llandi.
Milan shahri hokimiyati shahar ko‘chalarida avtomobillar, mototsikllar va motorollerlarning yaqin 3 kun ichida har kuni 6 soat davomida harakatdan to‘xtab turishi kerakligini ma'lum qilgan.
Rimda esa 28 dekabr kuni shaharda avtomobillarning 9 soat davomida harakatlanishini to‘xtatish joriy qilindi.
Tahlilchilar quruq va shamolsiz vaqtda havoga zaharli moddalar chiqmasligi kerakligini aytishgan.
Rimdagi taqiqlar gibridli motorlar o‘rnatilgan mashinalarga taalluqli emas.