16:36 / 29.12.2015
7404

Tabiiy gaz realizatsiyasidagi investitsion ustamalar belgilandi

O‘zbekiston rahbari “O‘ztransgaz” AK tabiiy gazni avtomobil gaz to‘ldirish kompressor stansiyalariga realizatsiya qiladigan ulgurji narxlar uchun yangi investitsion ustamalarni belgilab berdi.

“Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat Byudjyetining 2016 yilgi parametrlari to‘g‘risida”gi qarorga ko‘ra, 2016 yilning 1 yanvaridan boshlab ushbu investitsion ustama hajmi bir qadar oshiriladi.
Endilikda u 1 kub.m ga 500 so‘mni tashkil qiladi. Bu 2015 yildagi ko‘rsatkichdan 100 so‘mga ko‘proqdir.

Maxsus investitsion ustamalar maqsadli xarakterga egadir. Ular investitsion dasturlarga kiritilgan obektlarni moliyalashtirish, ishlab chiqarish quvvatlari modernizatsiyasi va texnologik qayta jihozlanishiga, shuningdek, ko‘rsatilgan maqsadlarga jalb qilingan kreditlar va byudjyet qarzlarini yopishga qaratiladi.

Top