08:55 / 29.12.2015
8911

Tojikistonda 4,6 balli zilzila qayd etildi

Seysmologlar 28 dekabr kuni tongida, (Toshkent vaqti bilan soat 04:05da) Tojikiston hududida ro‘y bergan zilzilani qayd etishdi.

Tojikistondagi bu zilzila kuchi 4,6 ballga teng bo‘lgan. Zilzila o‘chog‘i mamlakat poytaxti Dushanbedan 347 km, Xorug shahridan esa 116 km masofadagi hududda bo‘lgan.

Yevropa O‘rtayer dengizi seysmologiya xizmati (EMSC) ma'lumotiga ko‘ra, zilzila o‘chog‘i 30 km chuqurlikda joylashgan.

Qayd etish kerakki, Tojikiston zilzilalar faollashgan hududga aylandi. 7 dekabr kuni Tojikistonning Sarez ko‘li yaqinidagi hududida 7,2 balli zilzila sodir bo‘lgandi. Tahlilchilarning xavotir bilan bildirishicha, bu ko‘l suvini to‘sib turuvchi Usoy to‘g‘oni zilzila tufayli buzilsa, O‘zbekiston, Afg‘oniston, Qirg‘iziston hamda Turkmaniston hududidagi 5 million kishining hayoti xavf ostida qoladi.

7.2 balli zilzila Sarez ko‘li yaqinida sodir bo‘ldi

Tojikiston bosh vaziri Sarez ko‘lining ahvoli bilan tanishadi

Top