18:14 / 29.12.2015
4426

Tramp Amerika jamiyatining maslagi va qo‘rquvlarini aks ettirmoqda

AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp Amerika jamiyatining maslagi va qo‘rquvlarini o‘zida aks ettirmoqda, deb yozmoqda The New York Times.

“Biz uchun ahamiyatli tuyulayotgan narsalar virusga aylanmoqda. Bu qaysidir ma'noda jamiyat muhokama qilinishga loyiq ekanini ko‘rsatadi”, - dedi Sirakuza universiteti professori Jyeff Xemsli.

2015 yilda Tramp va uning g‘oyalari muhokamalarga loyiq bo‘ldi, deya qayd etdi maqola muallifi. U boshqa nomzodlarga qaraganda “Feysbuk”da ko‘proq “layk”, Twitter`da ko‘proq o‘quvchilarga ega bo‘ldi.

Uning ismi Google`da ko‘proq qidirilmoqda, televideniye esa unga respublikachi raqiblariga qaraganda ko‘proq e'tibor qaratmoqda.

O‘z navbatida, Gavayi universitetining psixologiya professori Richard Repsonning qayd etishicha, nafrat, qo‘rquv va qahr-g‘azab kabi hissiyotlar osongina o‘ziga jalb qiladi. Uning qo‘shimcha qilishicha, bu kabi hissiyotlarni keltirib chiqargan hodisalar odamlarni tez-tez bo‘lib yubormoqda.

Nashr nuqtai nazariga ko‘ra, Tramp “Har qanday reklama yaxshi” iborasini o‘zida ifoda etgan va u odamlarning g‘azabiga sabab bo‘ladigan urinishlar OAV e'tiborini o‘ziga jalb qilishini yaxshi biladi.

Top