15:29 / 30.12.2015
4564

Klichko va Fyuri revansh jangi o‘tkazish bo‘yicha shartnoma tuzishdi

Professional boksning superog‘ir vazn toifasida uchta yo‘nalish chempioni, WBA, WBO va IBO kamarlari sohibi britaniyalik bokschi Tayson Fyuri sobiq jahon chempioni ukrainalik bokschi Vitaliy Klichko bilan revansh o‘tkazish borasida kelishuvga erishgan. Bu haqda britaniyalik sportchining amakisi va murabbiyi Piter Fyuriga asoslanib, World Boxing News nashri xabar tarqatdi.

Bu jang 2016 yilning bahorida o‘tkazilishi aytilgan.

"Fyuri va Klichkoning revansh jangini o‘tkazish masalasi hal qilindi. Hozir aytishim mumkin bo‘lgan ma'lumot bu jangning keyingi yil apreli yoki may oyida bo‘lib o‘tishi haqida. Jangning aniq qachon va qayerda o‘tkazilishi hamda jangni qaysi telekanal translyatsiya qilishi haqidagi ma'lumot ham yaqin orada beriladi", degan Piter Tayson.

Eslatib o‘tamiz, 28 noyabr kuni Dyusseldorfda o‘tkazilgan jangda Tayson Fyuri Vladimir Klichkoni ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lubiyatga uchratib, raqibiga tegishli bo‘lgan chempionlik kamarlarini (IBF, IBO, WBO va WBA) tortib olgandi.

Top