20:47 / 30.12.2015
14331

Raqqa yaqinidagi joyga yig‘ilishga kelgan jangarilar boshliqlari yo‘q qilindi

Rossiyaning harbiy-koinot kuchlari aviaguruhi qo‘mondonligi Suriyadagi vatanparvar muholifat kuchlaridan IShID va boshqa terrorchilik guruhlari obektlari haqidagi ma'lumotlarni olishi davom etmoqda. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili general Igor Konashenkov ma'lum qildi.

“28 dekabrda Suriya muxolifati otryadlaridan birining vakillari tomonidan IShID sardorlarining Raqqa yaqinida uchrashuvi rejalashtirilayotgani haqida ma'lumot berilgan”, deb aytdi Konashenkov.

Konashenkovning aytishicha, ikki kun ichida kun bo‘yi bu hududda havodan kuzatuv olib borilgan.

“Jangarilar boshliqlari yig‘ilish joyiga kelgani tasdiqlangandan keyin yig‘ilish o‘tayotgan inshootga Su-34 samolyoti tomonidan aviazarba berilgan. To‘g‘rilanuvchi bombaning nishonga aniq tegishi oqibatida inshoot ichidagi bor-buti bilan yo‘q qilingan”, deb aytdi general.

Konashenkov, shuningdek, bir necha kun avval yana bir vatanparvar muxolifat tuzilmalaridan birining vakillari Zarba aholi punktida “Jibhat an-Nusra” guruhining yirik o‘q-dorilar ombori o‘rni haqidagi ma'lumotni berishgan. Ushbu obekt Su-24M samolyoti tomonidan yo‘q qilingan.

Top