21:44 / 30.12.2015
7099

Tayvanlik ruchka aylantiruvchilar internet foydalanuvchilarining olqishini olishdi

Tayvanda istiqomat qiluvchi ikki o‘spirinning ruchka va qalamlarni qo‘llarida mahorat bilan aylantirishlari tasvirlangan video internet bo‘ylab tarqalmoqda.

Videoda ko‘rish mumkinki, ular ishonish qiyin bo‘lgan tryuklarni bajarishadi va ruchkalarni bir-birlarining qo‘llariga o‘tkaza olishadi. Ular bunday harakatlarni istagan vaqtda istagan joyda xatosiz namoyish qila olishlarini ko‘rsatishgan.

Top