11:02 / 30.12.2015
7110

Tunisdagi futbol o‘yini vaqtida muxlislar hakamni yig‘latishdi

Futbol bo‘yicha Tunis chempionati doirasida o‘tkazilgan "Bizerti" va "Marsa" jamoalari bahsida mahalliy muxlislar o‘yin hakamini u yig‘lab yuborgunicha haqoratlashdi.

Bu holat tasvirlangan videoda hakam Yassin Harush o‘ziga nisbatan tribunalardan turib bildirilgan keskin e'tirozlardan keyin ko‘z yoshlarini tiyib tura olmagan. "Bizerte" jamoasi muxlislari uning onasini haqoratlay boshlashganidan keyin u yig‘lay boshlagach maydondagi ikki jamoa futbolchilari ham uni yuptishga urinishgan.

O‘yin mezbonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan.

"Bunday adolatsiz munosabatga uchraganingdan keyin o‘zingni tutib turishing qiyin bo‘ladi. Axir hech kim onasini haqorat qilishlariga chidab tura olmaydi. Alloh mening onamni omon qilsin", deydi Yassin Harush o‘yindan keyin.

Top