09:49 / 31.12.2015
3791

Messi "Barselona" safida 500-o‘yinini o‘tkazdi

"Barselona" jamoasi hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionatining 17-turida "Betis"ga qarshi kechgan (4:0) o‘yinda maydonga tushish orqali kataloniyaliklar libosida 500-uchrashuvini o‘tkazdi.

Argentinalik hujumchi mazkur uchrashuvda raqib darvozasiga urilgan to‘rtta golning biriga mualliflik qilib, klub safida urilgan gollari sonini 425taga yetkazdi. Bundan tashqari, Messi 500 o‘yin davomida 160 marotaba jamoadoshlarini golli pas bilan ta'minlagan.

Bu natija orqali futbolchi "Barselona" safida 500talik marrani zabt etgan oltinchi futbolchiga aylandi. Jamoada eng ko‘p o‘tkazgan 5 futbolchi quyidagilar: Xavi (767 o‘yin), Karles Puyol (593 o‘yin), Andres Inesta (567 o‘yin), Migel (549 o‘yin), Viktor Valdes (535 o‘yin).

Ma'lumot uchun, Lionel Messi "Barselona" safida 26 marotaba turli musobaqalarda g‘olib bo‘lgan. Shuningdek, argentinalik hujumchi 4 karra "Oltin to‘p" sohibi bo‘lgan.

Top