12:59 / 31.12.2015
6777

The Times: «Chelsi» quyi ligaga tushib ketsa ham, futbolchilar hozirgi miqdorda maosh olaverishadi

«Chelsi» rahbariyati jamoa mavsum yakunida chempionshipga tushib ketgan taqdirda futbolchilarning bundan moliyaviy zarar ko‘rmasligini ta'minlagan.

The Times nashri xabariga ko‘ra, «Chelsi» quyi ligaga ravona bo‘lsa ham futbolchilar o‘z maoshlarini hozirgi miqdorlarda olishda davom etishadi.

Qayd etilishicha, APLdagi bir qator jamoalar, xususan «Manchester Siti» va «Tottenhem» futbolchilar bilan shartnomalarda jamoa chempionshipga tushib ketishi maoshlarning qisqarishiga olib kelishi haqida punkt bor.

Nashrning yozishicha, «Chelsi» rahbariyati bu haqida o‘ylab ko‘rmagan bo‘lishi mumkin.

Qayd etish kerakki, «Chelsi» ayni vaqtda 19-turdan keyin 20 ochko to‘plagan holda turnir jadvalida 14-pog‘onani egallagan. Jamoani xavfli hududdan 3 ochko ajratib turibdi.

Top