20:34 / 01.01.2016
41027

Abdumo‘min O‘tbosarov yurak xuruji tufayli vafot etgani aytildi

Bugun, 1 yanvar kuni O‘zbekiston xalq artisti, oliy toifali suxandon Abdumo‘min O‘tbosarov vafot etdi.

Marhum bugun "Bodomzor" masjidida o‘qilgan juma namozidan keyin Minor qabristoniga qo‘yilgan.

Uning o‘limi haqidagi tafsilotlarga aniqlik kiritish uchun u ishlagan muassasaga, MTRKga murojaat qilindi.

Tashkilotdagilar marhumning 31 dekabr kuni ishga chiqqanini, u kunning birinchi qismida tobi qochib, shifoxonaga olib ketilganini aytgan. Shifokorlar dastlab unda yurak xurujini qayd etishgan va xavotirga o‘rin yo‘qligini aytishgan.

Lekin 1 yanvar kuni ertalab uning o‘limi haqida xabar berilgan. Marhum 55 yoshida dunyoni tark etdi.

Kun.uz tahririyati Abdumo‘min O‘tbosarovning yaqinlari bilan bog‘langanida ular marhumda avval yurak bilan bog‘liq muammolar bo‘lmaganini aytishdi. Lekin unda qon bosimi tez-tez kuzatilib turganini bildirishgan.

Suxandonning o‘limi va bu hodisa tafsilotlari haqida rasmiy manbalarda ma'lum qilinmadi.

Mavzuga oid
Top