Sport | 20:25 / 13.01.2016
7394
3 daqiqa o‘qiladi

Neymar Ispaniya milliy sudiga chaqirildi

"Barselona"ning braziliyalik hujumchisi Neymar tamagirlik va korrupsiya jinoyati ishi bo‘yicha Ispaniya milliy sudiga so‘roq berish uchun chaqirildi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatgan.

Sud 2 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Futbolchi sud qarshisida "Santos"dan Kataloniya klubiga o‘tishi qanday sodir bo‘lgani bo‘yicha ko‘rsatma berishi kutilmoqda. Shuningdek, uning ota-onasi, "Barselona"ning amaldagi va sobiq prezidentlari Xosep Mariya Bartomeu va Sandro Rosel, "Santos" jamoasining sobiq prezidentlari Luis Alvaro de Oliveyra va Odilio Rodriges ko‘rsatma beradi.

Prokuratura uchun DIS fondining ko‘rsatmalari asos bo‘lmoqda. Jamg‘arma vakillarining so‘zlariga ko‘ra, Neymarning «Santos»dan «Barselona»ga o‘tishi uchun to‘langan mablag‘ning 40 foizini uning transfer huquqiga sherik bo‘lgan DIS jamg‘armasi olishi kerak bo‘lgan. «Barselona» esa uning transferi uchun 57 mln yevro sarflaganini ma'lum qilgandi.

Lekin 2015 yilning yanvarida jamoa tomonidan bu raqam 86,2 mln yevro ekani aytildi.

Bundan tashqari, DIS Neymarni fond bilan hamkorlik qoidalarini buzganlikda ayblayapti. Ma'lum bo‘lishicha, hujumchi 2011 yilda kerakli ruxsatnomalarsiz "Barselona" bilan shartnoma imzolagan va agar Neymar Kataloniya klubiga erkin agent sifatida o‘tsa "ko‘k-anorranglilar" futbolchiga 40 mln yevro o‘tkazib berishni va'da qilgan.

OAV: Ispaniya prokuraturasi Neymarni tamagirlikda ayblamoqda

«Santos» FIFAdan Neymarni yarim yilga diskvalifikatsiya qilishni so‘ramoqda

“Barselona” Neymar “Oltin to‘p” short-listiga kiritilgani uchun “Santos”ga 2 mln yevro to‘laydi

«Barselona» Neymar uchun «Santos»ga qo‘shimcha mablag‘ to‘lamoqchi emas