15:14 / 01.02.2016
2344

Arshavin "Kuban" bilan shartnomasini bekor qildi

"Kuban" jamoasi yarim himoyachisi sanalgan Andrey Arshavin jamoani tark etdi.

"Sport-Ekspress" nashrida yozilishicha, mavsumning ikkinchi davrasi boshlanishi oldidan 2 tomonning roziligi asosida shartnoma bekor qilingan.

34 yoshli bu futbolchi jamoa bilan ikkinchi yig‘inga yo‘l olmagan. Jamoa vakillari 1 fevraldan 14 fevralga qadar Kiprda ikkinchi yig‘inni o‘tkazishadi.

Ma'lumot uchun, Arshavin "Kuban" bilan 2015 yilning 13 iyulida 1 yillik shartnoma imzolagandi. U joriy mavsumda jamoa uchun 8ta o‘yin o‘tkazdi va bironta gol urmadi.

"Kuban" Andrey Arshavinga o‘tkazilgan vaqt davomidagi hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiradi va unga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyat tilaydi", deyiladi jamoa rasmiy saytida.

Top