14:45 / 01.02.2016
2696

"Milan" va "Inter" sardorlari derbi arafasida maydon chetiga ko‘chat o‘tqazishdi

Italiya A seriyasining 22-turi doirasida o‘tkazilgan "Milan" va "Inter" o‘rtasidagi derbi bahsidan oldin ikki raqib jamoa sardorlari Rikkardo Montolivo va Mauro Ikardi ishtirokida "San Siro" maydoni chetiga ko‘chat o‘tqazildi.

Bu holat tasvirlangan suratda futbolchilar navbatma-navbat ko‘chat ostiga belkurak bilan tuproq tashlayotganini ko‘rish mumkin. Bu marosim ikki jamoaning do‘stligi ramzi sifatida o‘tkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, "Milan" rasman mezbon sifatida 31 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan bu derbida "rossonerilar" 3:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Top