19:11 / 01.02.2016
2007

«Nyukasl» Dumbiyani mavsum oxirigacha ijaraga oldi

Angliyaning «Nyukasl» jamoasi transfer huquqi «Roma»ga tegishli bo‘lgan Seydu Dumbiyani joriy mavsum oxirigacha ijaraga oldi. Bu haqda inglizlar jamoasining tvitterdagi sahifasi orqali xabar berilgan.

Futbolchilik faoliyatining aksar qismini Moskvaning TsSKA jamoasida o‘tkazgan 28 yoshli ivuarlik hujumchi Dumbiya joriy mavsumning birinchi qismida moskaliklar jamoasiga ijaraga berilgandi.

U TsSKA safida 13ta o‘yin o‘tkazib, 5ta gol urgan va 5ta golli uzatma muallifi bo‘lgandi.

Top