16:37 / 01.02.2016
3141

Roberto Manchini: "Milan" muxlislariga ular meni haqoratlashgani uchun o‘rta barmog‘imni ko‘rsatdim

"Inter" bosh murabbiyi Roberto Manchini Italiya chempionatida "Milan"ga boy berilgan uchrashuvdan so‘ng (0:3) o‘zining "rossonerilar" muxlislari bilan yuzaga kelgan muammosi haqida izoh berib o‘tdi.

"Ha, men ularga o‘rta barmog‘imni ko‘rsatdim. Bu muxlislar meni qattiq haqorat qilishdi va ular tribunada o‘tirishga haqli emaslar.

Ularni stadion qo‘riqchilari tiyib turishi kerak edi", deydi Manchini.

Eslatib o‘tamiz, bu murabbiy o‘yin vaqtida hakam Antonio Damato bilan tortishgani uchun chetlatilgandi.

Endilikda unga liganing keyingi turlaridan diskvalifikatsiya qilinish xavf solmoqda.

Top