10:45 / 01.02.2016
3671

Sidney politsiyasi telefon orqali tahdiddan so‘ng to‘qqizta maktabni evakuatsiya qildi

Sidney politsiyasi xodimlari telefon orqali kelib tushgan tahdiddan so‘ng shaharning markaziy va janubiy tumanlaridagi to‘qqizta maktab o‘quvchilarini favqulodda evakuatsiya qildi. Bu haqda Sydney Morning Herald nashri xabar berdi.

Yangi Janubiy Uels shtati Ta'lim vazirligi vakilining qayd etishicha, mazkur evakuatsiya ehtiyotkorlik yuzasidan amalga oshirilgan bo‘lib, ayni paytda maktab o‘quvchilarining hayotiga hech qanday xatar yo‘q.

Sidney politsiyasi 29 yanvar kuni ham xuddi shunday mazmundagi telefon tahdidini qabul qilib olgan edi. Shu kuni yettita maktab evakuatsiya qilindi. Bu kabi xavfsizlik choralari Melburndagi ikkita maktabda ham o‘tkazildi.

Top