11:03 / 01.02.2016
2870

Zidan: Cherishevning «Real»dan ketishiga to‘siq yo‘q. Unga o‘yin amaliyoti zarur

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan rossiyalik yarimhimoyachi Denis Cherishev jamoani tark etishi mumkinligini ta'kidladi.

«Cherishev masalasini dushanba kuni ko‘rib chiqamiz, u rostan ham jamoani tark etishi mumkin. Denis ajoyib futbolchi, ammo unga doimiy o‘yin amaliyoti zarur.

Uning uchun asosiysi – o‘yin amaliyoti. Bu futbolchi mashg‘ulotlar davomida tinmasdan mehnat qiladi. Denis rivojlanishi uchun maydonga tez-tez tushib tushishi lozim.

Unga doim omad tilayman. Agar unda ketish imkoniyati bo‘lsa, men Denis uchun xursand bo‘laman. Voqealar rivoji qanday bo‘lishini ertaga (bugun) bilib olamiz», – deya ta'kidladi Zidan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Cherishev Angliyaning «Liverpul» klubiga o‘tishi mumkinligi borasida gap-so‘zlar tarqalgandi.

Top